"Milan" Ibragimovichga qanday shartnoma taklif qilmoqda?

  • 21.11.2019 16:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” klubi “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan hujumchi Zlatan Ibragimovichni yana ortga qaytarish masalasida ishlarni davom ettirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha “rossonerilar” 38 yoshli shvetsiyalik futbolchiga 6 oylik shartnoma taklif qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu kelishuv  keyinchalik yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin. Zlatan ushbu 18 oy davomida jami 6 mln evro maosh olishi mumkin.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Ibragimovich ushbu taklifdan so‘ng “Milan” sport direktori Zvonomir Boban bilan gaplashgan va yakuniy qarorga kelish uchun 1-2 hafta muddat so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” Ibragimovich uchun begona emas. Boisi, u 2010-2012 yillarda “rossonerilar” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!