
"Milan" "Inter"ga qarshi derbidan oldin yo‘qotishga uchradi
"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser jarohat olib noma’lum muddatga safdan chiqdi.
23 yoshli jazoirlik futbolchi kecha "Tsrvena Zvezda"ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Evropa ligasi 1/16 final dastlabki bahsida mushaklaridan jarohat olgan.
"Rossonerilar" bosh murabbiyi Stefano Piolining so‘zlariga ko‘ra, Bennaser 21 fevral kuni “Inter”ga qarshi bo‘ladigan Milan derbisida ishtirok eta olmaydi.
Bennaser joriy mavsum “Milan” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar