
“Milan” JCh-2018 paytida qaysi futbolchilarni kuzatib boradi?
“Milan” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo mavsumlar oralig‘ida jamoa safiga jalb etishni rejalashtirgan futbolchilarni kuzatish uchun JCh-2018 o‘yinlariga tashrif buyuradi.
A Bola tarqatgan xabarga ko‘ra 40 yoshli italiyalik mutaxassis mundial davrida Radamel Falkao (Kolumbiya, «Monako»), Timo Verner (Germaniya, «RB Leyptsig»), Maruan Fellayni (Belgiya, «Manchester Yunayted») va Yuri Tilemans (Belgiya, «Monako») kabi futbolchilarning o‘yinlarini kuzatib boradi.
Bundan tashqari Gattuzo Portugaliya terma jamoasining 21 yoshli markaziy himoyachisi Ruben Diashni (“Benfika”) ham o‘yinlarini kuzatishni maqsad qilgan.
Fikrlar