"Milan" "Liverpul" hujumchisiga qiziqishni oshirdi

  • 2 avgust, 20:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" jamoasi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida "Liverpul" klubi forvardi Darvin Nunesni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Jurnalist Janluka Di Martsio tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, urugvaylik futbolchi "rossoneriliklar"ning asosiy transfer maqsadiga aylangan.

Tecno

Garchi muzokaralar oson kechmayotgan bo‘lsa-da, italiyaliklar Nunes bilan aloqaga chiqishgan. Ayni paytda hujumchiga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo saudiyaliklar hali rasmiy taklif yo‘llashmagan.

Shuningdek, insayder Sasha Tavoleri ma’lum qilishicha, "Milan" avvalroq PSJda to‘p tepayotgan Gonsalu Ramushni olib kelishga urinib ko‘rgan, biroq frantsuzlar so‘ragan transfer to‘lovi klub rahbariyatini orqaga chekintirgan.

2023/24 yilgi APL mavsumida Darvin 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli pas bilan ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!