"Milan" muxlislari internet olamini "yondirishmoqda"
"Milan" klubi muxlislari jamoani Stefano Pioli boshqarishiga jiddiy ravishda qarshilik bildirishmoqda.
"Rossonerilar"ning muxlislari "Twitter" sahifasida #PioliOut xeshtegini trendga chiqarib yuborishdi.
Bundan tashqari "Milan" klubining ofisi oldida turli xil plakatlar va yozuvli bannerlar bilan bunt ko‘tarishmoqda. Ushbu bannerlarning birida : Sabr to‘ldi. Boban, Massara, Maldini, Elliott, Gazidis, Skaroni: Axmoqlar klubi, bu erdan keting! deb yozilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, milanliklar rahbariyati jamoaga Stefano Piolini bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turishgan edi va bugun tushlik vaqtida yakuniy qaror qabul qilinishi kerak edi.


Fikrlar