
"Milan" o‘z maydonida "Atalanta"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)
Italiya A Seriyasining 19-turida “Milan” o‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qildi.
“San Siro”dagi o‘yin kutilmaganda “rossonerilar”ning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni bergamoliklar safida gollarni Kristian Romero (26'), Yosip Ilichich (53') va Duvan Sapata (77') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar