"Milan" "Real" yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 24 aprel, 2024, 19:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. "Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, "rossonerilar" ispaniyalik futbolchini keyingi mavsumgda sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. Sebalosning o‘zi ham o‘yin tajribasidan norozi bo‘lgani uchun yozda "qirollik klubi"ni tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 27 yoshli xavbek bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!