
"Milan" Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford shu oyda jamoani tark etishi mumkin. Bir necha bor xabar qilinganidek, "qizil iblislar" xo‘jayinlari yanvar oyida futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, mankunianliklar 27 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchi. So‘nggi kunlarda Italiyaning "Milan" klubi forvardni sotib olishga qiziqish bildirgan.
Qayd etilishicha, Manchester klubi Reshfordning ijara muddati davomida maoshining bir qismini qoplashi mumkin. Angliyalik hujumchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar