
"Milan" sardori Mino Rayolaning navbatdagi mijoziga aylanishi mumkin
"Milan" klubining sardori Alissio Romanoli o‘z agentini almashtirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, himoyachi o‘zining agenti Serxio Berti bilan kelishuvni bekor qilmoqchi.
Romanoli o‘zining yangi agenti kim bo‘lishini aniqlab ulgurmagan. U Mino Rayola, Federiko Pastorello, Beppe Rizo va Alessandro Luchchi kabi agentlarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Mino Rayolaning milanliklar safidan ikkita futbolchi mijozi sanaladi. Bular, darvozabon Janluiji Donnarumma va yarim himoyachi Jakomo Bonaventura.
Fikrlar