«Milan» va «Fenerbaxche» Leau bo‘yicha kelisha olmayapti

  • 03.08.2026 09:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» hujumchisi Rafael Leauning «Fenerbaxche»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar hozircha natija bermadi. Jurnalist Yagiz Sabundjuoglu ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsum uchun 12 million yevro maosh talab qilgan, bu miqdor turk klubi uchun qabul qilinadigan darajada bo‘lgan.

Asosiy kelishmovchilik transfer to‘lovi atrofida yuzaga kelgan. «Milan» dastlab Leau uchun 60 million yevro so‘ragan, bu esa «Fenerbaxche» rahbariyatini mutlaqo qoniqtirmagan. Keyinchalik italyanliklar narxni 50 million yevrogacha tushirishga rozi bo‘ldi, ammo Istanbul klubi bu taklifni ham maqbul deb topmadi. Turkiya vitse-chempioni 40 million yevro bermoqchi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rafael Leauning bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!