
"Milan" va "Inter"ning yangi stadioni qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi
"Milan" va "Inter" klublari birgalikda yangi stadion qurishni rejalashtirishmoqda. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ular xuddi hozir "San-Siro"dan birgalikda foydalanishayotgani kabi yangi arenadan ham birga foydalanishmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda yangi stadion qurilishi taxminan 700 mln evroga tushadi va 2023/24 yilgi mavsumda foydalanishga topshiriladi.
Ma’lumot uchun, "San-Siro" o‘yingohi 1926 yilda qurilgan. U o‘z bag‘riga 80 ming ishqibozni sig‘dira oladi.
Fikrlar