
"Milan" va "Roma" vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Manu Konega A Seriyaning ikki vakili qiziqish bildirmoqda. Qayd etish lozimki, frantsiyalik futbolchi nemis klubini tark etmoqchi va shu sababli jamoasining shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifini allaqachon rad etgan.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, “Milan” va “Roma” vaziyatdan unumli foydalanishga tayyor va 23 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Transfer portaliga ko‘ra Konening taxminiy narxi 20-25 million evroni tashkil qiladi.
Manu Konening “Borussiya M” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchi o‘tgan davr mobaynida myunxengladbaxliklar safida jami 86 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar