
"Milan" va "Yuventus" Hakim Ziesh uchun kurash olib boradi
"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziesh yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Calciomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi jamoaga Tomas Tuxel kelgach, etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani bois, klubdan ketmoqchi. Unga esa "Milan" va "Yuventus" klublaridan jiddiy qiziqish mavjud.
“Chelsi” Zieshni 2020 yilning yozida “Ayaks”dan 40 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar