"Milan" yana bir bor Belottini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi
"Milan" yana "Torino" forvardi Andrea Belottiga qiziqish bildira boshladi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Jennaro Gattuzo yozgi transferlar davrida “rossonerilar” rahbariyatidan aynan mana shu 24 yoshli italiyalik to‘purarni jamoaga olib kelishni so‘ragan. Eslatib o‘tish lozimki, milanliklar o‘tgan yilning yozida ham Belottini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishgan, biroq uni sotib olisholmagan edi.
Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum “Torino” safida A Seriyaning 22ta bahsida ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar