"Milan" yana kelisha olmayapti
Corriere dello Sport manbaasi xabariga ko‘ra, 20 yoshli darvozabon Janluiji Donnarumma "Milan"ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etdi. Milanliklar futbolchi uchun yiliga 6 million yevro taklif qilishgan, ammo Italiya terma jamoasi asosiy darvozabonini bunday reja qanoatlantirmagan.
Oldinroq, "PSJ" Donnarummani qo‘lga kiritishga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqagan, ammo tomonlar rasmiy muzokaralar o‘tkazishmagan edi.

Fikrlar