
"Milan" yozda "Bavariya" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli portugaliyalik futbolchining xizmatlariga "Milan"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
O‘z navbatida Renatu ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan sabab jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Sanshesh bu mavsum “Bavariya” safida 26ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 2ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar