"Milan"ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 06.08.2020 14:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Zenit" klubi yarim himoyachisi Vilmar Barriosga Angliya premer-ligasidan ham takliflar bo‘lmoqda.

Bungacha argentinalik futbolchiga "Milan"dan jiddiy taklif bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Conexión Win nashri Barrios uchun endi "Nyukasl" ham kurashga qo‘shilganini bildirdi.

26 yoshli Barrios o‘tgan mavsum “Zenit” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!