
"Milan"ning urugvaylik futbolchisi "Spartak"ga o‘tishi mumkin
"Milan" yarim himoyachisi Diego Laksalt faoliyatini Rossiya premer-ligasi grandi safida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Vito Anjele tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli urugvaylik futbolchiga “Spartak” qiziqib qolgan. Unga moskvaliklardan tashqari “Olimpiakos” ham kurash olib bormoqda. “Rossonerilar” esa uni 10 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Laksalt o‘tgan mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikrlar