“Milan”ning yangi murabbiyi darrov rahbariyat bilan ziddiyatga bordi

  • 18.01.2025 11:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” yaqinda jamoaga Serjiu Konseysauni bosh murabbiy qilib tayinlagan edi. Corriere della Sera nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis darrov klub rahbariyatiga norozilik bildira boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Milan” mutasaddilari jamoa o‘yinchisi Fikayo Tomoridan qutilish harakatlarini boshlab yuborgan. Milanliklar angliyalik himoyachini “Yuventus”ga ijaraga jo‘natish bo‘yicha kelishib olgan. 

Klub rahbariyatining bu xatti-harakati Serjiu Konseysauga yoqmadi. Chunki yangi bosh murabbiy Tomorini jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanmoqchi va mavsumning qolgan qismida ham bu futbolchiga suyanmoqchi ekan. 

“Yuventus” etakchisi himoyachisi Andrea Kombyazoni “Manchester Siti”ga rekord narxda sotmoqchi. Uning o‘rniga Tomorini ijaraga olishni ma’qul ko‘rgan va bu hamkorlik uchun 5 million evro to‘lashga tayyor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
18/01/2025 14:28
милан энди яхшилашади, агар тренерга ишонч булса