Milinkovich-Savich agenti APL jamoasi bilan muzokaralarga kirishdi
Serbiya terma jamoasi va "Latsio" klubi yarim ximoyachisi Milinkovich-Savich "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.
"La Gazzetta Dello Sport"ning xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining agenti MYu bilan muzokara o‘tkazish uchun Manchesterga tashrif buyurgan.
Xabar qilinishicha, Sulsher jamoasi futbolchi uchun "Latsio"ga 80 mln evro to‘laydi. Yangi shartnoma shartlarida, futbolchi inglizlar jamoasida yiliga 6 mln evro maosh ishlab topadi.
O‘tgan mavsumda Savich "Latsio" uchun 41 uchrashuvda maydonga tushib 7 ta gol urdi.



Fikrlar