Millatlar ligasi. So‘nggi daqiqalari "yongan" o‘yinda Niderlaniya qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, Ukraina ham 3 ochkoga ega chiqdi

  • 9 iyun, 2022, 01:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Uels - Niderlandiya bellashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastavval, Kopmeyners 50-daqiqada hisobni ochdi. Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Norrington-Deyvis muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib, Vegxorst yana "uchar gollandlar"ni oldinga chiqib olishini ta’minladi. 

Shu tariqa, Niderlaniya ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Uels hozircha 2 turdan so‘ng ochko to‘play olmadi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!