
Milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga saralash bahslari o‘tkazildi
Xabaringiz bor, tez orada milliy kurash bo‘yicha Sirdaryo viloyatida o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur mamlakat birinchiligida g‘olib bo‘lgan sportchilar Bahraynda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Bugun milliy kurash bo‘yicha Andijon viloyati Andijon tumanida viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni Husniddin Ro‘ziev tomonidan tashkil qilingan musobaqada quyidagi sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Sirdaryoda o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘l oldi:
Yigitlar:
42 kg 1-o‘rin: Abduvaxobov Sarvar
46 kg 1-o‘rin: Ibroximov Muxammadyusuf
50 kg 1-o‘rin: Soqidinov Rustambek
55 kg 1-o‘rin: Abduvaxobov Abduraxim
60 kg 1-o‘rin: Abduvaliev Dildorbek
65 kg 1-o‘rin: Musajonov Ozodbek
71 kg 1-o‘rin: Tojimamatov Ziyoxidin
77 kg 1-o‘rin: Aravoev Abbosbek
Qizlar:
48 kg 1-o‘rin: Valijonova Mubina
52 kg 1-o‘rin: Orziqulova Mukarram
57 Kg 1-o‘rin: Korimova Mubina.
Fikrlar