
Milner: "Liverpul" o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni istaydi
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jeyms Milner kecha Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvida safarda"Portu" (5:0) ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirb o‘tdi.
“Portu” – ajoyib jamoa, lekin biz o‘zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqada g‘alaba qozonishni istaymiz. Hozirgi sport formamizni saqlab qolishimiz uchun tez orada yana mashg‘ulotlarga kirishamiz”, - deydi Milner.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning “Enfild”da o‘tadigan javob bahsi 6 mart sanasiga belgilangan.
Fikrlar