Miochich:"Bu haqida o‘ylasam, o‘zimni noqulay his qilaman"
Og‘ir vazn(120 kg)da sobiq UFC chempioni, amerikalik Stipe Miochich bahorda 18 oylik o‘g‘lidan ayrilgan kamerunlik Frensis Ngannuga hamdardlik bildirdi.
“Bu dahshatli, men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va hamdardlik bildiraman. Mening ham ikki farzandim bor. Ular bilan shunday voqea bo‘lishini o‘ylasam, o‘zimni noqulay his qilaman. Ngannu nimalarni boshdan kechirayotganini bilmayman...lekin men u bilanman”, - dedi Miochich CBS Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi boks jangida Ngannu(0-2) ikki karra jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua(28-3, 25 KO)ga nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar