Mirazizbek Mirzahalilov va Mujibillo Tursunov Toshkentda kamar uchun jang qiladi

  • 04.06.2023 12:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boksning Lift Promotions kompaniyasi navbatdagi boks oqshomini 16 iyun kuni Humo Arenasida o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, mashhur havaskor bokschilarimizdan biri Mirazizbek Mirzahalilov (2-0, 2KO) 53 kgda navbatdagi prof jangini o‘tkazadi. Unga qozog‘istonlik Nurslan Sabirov (7-2, 3KO) raqiblik qiladi va bahs WBAʼning Osiyo mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. 

Qolaversa, 63,5 kgdagi turnir finalida Mujibillo Tursunov (2-0, 1KO) va Qozog‘iston vakili Dilshat Nurim (6-0, 3KO) to‘qnashuvi ham WBC Osiyo mintaqaviy kamari uchun bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, mazkur oqshomda sobiq jahon chempioni britaniyalik Pol Batler va yana bir qancha bokschilar o‘z janglarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!