
Mirazizbek Mirzahalilovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!
16 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri IBA Champions Night oqshomiga mezbonlik qiladi.
Ahamiyatli jihati ushbu boks kechasida yurtimizning nomdor bokschilaridan biri Mirazizbek Mirzaxalilov ham ringga ko‘tariladi. U meksikalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan Luis Rodriges Okanaga qarshi IBA chempionlik kamari uchun eliminator jangida to‘qnash keladi. Shuningdek, hozirda Ozarbayjon terma jamoasida murabbiylik qiilayotgan yurtdoshimiz Ravshan Xodjaevning ham 2 shogirdi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Okana professional ringda 15 ta jang etkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 14 ta jangini muddatidan avval yakunlagan.
Fikrlar