Mirazizbek Mirzaxalilovga avtomobil topshirildi

  • 13.03.2020 20:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan uch nafari oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bokschilarimizdan Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolovlar o‘z vazn toifalarida tengsiz ekanligini isbotlashdi.

Tecno
Xabaringiz bor, Iordaniyaning Amman shahri boks bo‘yicha Tokio-2020 olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi turnirga mezbonlik qildi.

photo_2020-03-13_16-41-44

Bokschilarimiz bugun tantanali ravishda Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan edi. Oltin medalni qo‘lga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov Farg‘onada ham katta shodiyona bilan kutib olindi. Mirazizbekni shaxsan viloyat hokimi kutib oldi hamda oltin medalni qo‘lga kiritib, Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bokschiga Nexia-3 avtomobilini topshirdi.

photo_2020-03-13_16-41-34

Mirazizbek musobaqaning so‘ngi jangida -57 kg vazn toifasida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida yaqqol ustunlik bilan g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2019 yilning sentyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham Mirazizbek oltin medaliga sazovor bo‘lib qaytgan edi.

Bokschimizga Tokio Olimpiadasida ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

photo_2020-03-13_16-41-09

Manba: minsport.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!