Mirjalol Qosimov 54 yoshda

  • 17 sentabr, 2024, 12:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun o‘zbek futboli afsonasi, uzoq yillar davomida yurtimizdagi millionlar o‘yiniga ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta hissa qo‘shib kelgan Mirjalol Qosimov 54 yoshni qarshi olmoqda. 

Hozirgi kunda Olmaliqning OKMK klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qo‘shoqovich 1970 yilning 17 sentyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 67 o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol muallifiga aylangan. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi sifatida esa, ikki marotaba 2008-2010 va 2012-2015 yillar oralig‘ida faoliyat olib borgan. 

Biz mazkur sana munosabati bilan murabbiyga doimo baxt va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!