
Mirjalol Qosimov: Agar maqsadimizga erishsak, mukofotning bir qismini ehson qilishga kelishib olganmiz
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O‘zbekiston kubogi final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"
Futbol shashka yoki shaxmat emas, jarohatlar doim yonma-yon yuradi. O‘ziga xos yo‘qotishlarimiz bor, lekin maydonda bildirmaslikka harakat qilamiz. Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Bu ham bir sinov. Ichki muhitda muammolar yo‘q.
Har ikki jamoa bir-birini yaxshi biladi. Uchrashuv avvalida ochiq futbol ko‘rmasak kerak. Chunki bitta xato qimmatga tushishi mumkin.
Final uchun va’da qilingan mukofot puli haqidagi savolga shunday javob berishim mumkin. Agar maqsadimizga erishsak, mukofotning bir qismini ehson qilishga kelishib olganmiz", - deydi murabbiy.
Manba: UzPFL
Fikrlar
Okmk kubok yutishga loyiqmas
Bu uyini bilan finalni yutsa
Uzbek futboli uchun sharmandalik buladi
Manimcha okmk avtobus quyib uynaydi tuliq