
Mirjalol Qosimov: Bir-biriga munosib jamoalar to‘qnash keldi
Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan AGMK - "Qizilqum" (2:1) bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bir-biriga munosib jamoalar to‘qnash keldi. Qaysidir ma’noda derbi bo‘ldi. Kurashlarga boy, jangovor o‘yin kechdi. "Qizilqum" jamoasi ikkinchi davrada yaxshi saviyadagi futbolchilarni safiga qo‘shib oldi. Qolaversa, oxirgi o‘yinlarda yomon natijalar qayd etishmadi. Bugun hech qaysi jamoa mag‘lubiyatga uchragisi kelmadi.
Birinchi taymda o‘zimizning xatomiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Bu esa bizni yanada oldinga borishga majbur qildi. Raqib safidagi Erkin Baydullaevning maydondan chetlatilishi imkoniyatlarimizni oshirdi, deyishim mumkin. Haqli ravishda g‘alabani qo‘lga kiritdik. "Qizilqum" jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman, - dedi Mirjalol Qosimov.
Fikrlar