Shomurodov va Fayzullaev jamoasi Markaziy Osiyodan yana bir oʻyinchini soʻradi

  • 19.07.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev klublar miqyosida Turkiya Superligasida “Istanbul Boshakshehir” sharafini munosib himoya qilayotganligi bois, Markaziy Osiyodagi futbol ishqibozlari bu  jamoa o‘yinlarini kuzatib bormoqda.

O‘z navbatida, Istanbul klubi mutasaddilari va skautlari ham ushbu mintaqa futbolchilariga e’tibor qarata boshladi.

Qozog‘iston futboli manbalarining ma’lum qilishicha, “Istanbul Boshakshehir” futbol klubi “Ordabasi” jamoasining 19 yoshli hujumchisi Jasulan Amirni sotib olish istagini bildirgan.

Iqtidorli o‘yinchi transferi bo‘yicha tushgan takliflar haqida “Ordabasi” prezidenti Darxan Qizaybaev o‘z fikr-mulohazalarini va pozitsiyasini bildirdi.

- Jasulan Amir bo‘yicha juda ko‘p takliflar bor. Klubni ham, futbolchini ham qoniqtiradigan taklif kelsa, biz uni albatta qabul qilamiz.

Xususan, hozirgacha Amir bo‘yicha Rossiyaning “Baltika” va Turkiyaning “Istanbul Boshakshehir” klublari aniq taklif bilan chiqdi.  

Biz Jasulanning jamoamizga chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam berishini xohlaymiz. Agar chempion bo‘lsak, kelasi yili UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etamiz. Shundan keyin futbolchining o‘zi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qiladi, - dedi Qizaybaev.

Joriy Qozog‘iston Premier-ligasi mavsumida Jasulan Amir 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, u iyun oyida Armaniston va Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etib, Qozog‘iston milliy terma jamoasi safida debut qildi.

Qozog‘iston Premier-ligasining 17-turidan keyin “Ordabasi” 40 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev “Istanbul Boshakshehir”ning yetakchi o‘yinchilari hisoblanadi. Eldor o‘tgan mavsum istanbulliklar safida Turkiya chempionatida 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta to‘p kiritdi va Superliga to‘purari bo‘ldi.

Abbosbek Fayzullaev esa, Turkiya Superligasida 20 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, debut mavsumini ancha muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Afsonaviy Totti Shomurodov haqida aniq, lo‘nda va qattiq gapirdi!

O‘zbekiston mundialda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Angliya bilan bir xil daraja ko‘rsatdi

Xorijlik murabbiy: Bu futbolchilarning birortasi Husanov darajasiga chiqolmaydi!

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yini katta rekord o‘rnatdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!