
Mirjalol Qosimov finaldagi mag‘lubiyatga qisqa izoh berdi
Qarshidagi "Markaziy" arenada O‘zbekiston kubogi final bahsi o‘tkazildi. Unda "Nasaf" va OKMK o‘zaro bellashdi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qisqa gapiraman. “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun kimdir yutishi kerak edi.
OChLdan so‘ng ruhan tayyorlanish oson bo‘lmadi. Bu yana qancha vaqtga cho‘zilishini bilmaymiz. Shunga qaramay jamoa yaxshi o‘ynadi. Bu basketbol emas vaziyatlarga 3 ochko beriladigan, - dedi Mirjalol Qosimov.
Fikrlar