Mirjalol Qosimov: Har qanday musobaqada finalga chiqish yoqimli

  • 23 oktabr, 2019, 16:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston liga kubogi yarim finalida AGMK o‘z maydonida "Dinamo"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Har qanday musobaqada finalga chiqish yoqimli. Liga Kubogi ham o‘ziga yarasha tarix. Mavsum so‘nggida har uch kunda o‘yin bo‘lmoqda, shu bois tarkibda ba’zi rotatsiyaga qo‘l urdik. Birinchi goldan keyin yigitlar biroz xotirjamlikka berilishdi. Futbolda bunday holatlar ruy berib turadi. Lekin ikkinchi taymda barchasini joyiga qo‘ydik hamda kerakli natijaga erishib, finalga chiqdik, - dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!