Mirjalol Qosimov nimadan norozi yoxud u o‘zi qo‘yib yuborgan futbolchidan havf siradi

  • 28 avgust, 2019, 12:41
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan keyin uchrashuv haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi taymda esa o‘yinni bo‘shashtirib yubordik. Qilingan xato esa bizga qimmatga tushdi. G‘alaba qozonish uchun yugurish kerak. Kuch ishlatmay turib muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Bu esa katta xato bo‘ldi. Shuningdek, raqib safida Norxonov, Hasanov va Nagaev singari tezkor futbolchilar bo‘lgani bois o‘yindagi sxemani o‘zgartirgandik.

FIFA kunlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Jamoamiz sentyabr oyi boshida qisqa muddatli yig‘in o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu orqali "Dinamo" bilan bo‘ladigan bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz, - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Hasanov ikkinchi davrada AGMKdan "So‘g‘diyona" tarkibiga kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
28/08/2019 13:27
Бушат энди санам миржалол Ашурматов дилини огритишган шекили
Расулжон Тоштемиров
03/09/2019 23:17
Агмк ашурматов даврида зур эди