Mirjalol Qosimov yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

  • 28 aprel, 2021, 04:21
  • Javokhir Azimov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan AGMK klubi "Al-Hilol"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor, Assalomu alaykum. O‘yinga o‘tishdan avval musobaqadagi ikki xil taassurotim haqida gapirmoqchiman. Hali musobaqa tugamadi va bizni oxirgi turdagi bahs kutmoqda. Lekin bugungi mag‘lubiyatdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatlari qolmadi. Fursatdan foydalanib tashkilotchilarga guruh bosqichini yaxshi darajada o‘tkazishayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Xursand qiladigan tarafi, nufuzli musobaqada qatnashdik. Bu jamoa uchun katta maktab. Shuningdek, musobaqa davomida doim bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislariga katta rahmat aytaman. Ikkinchi tarafi, ya’ni, yoqmagan jihat bu o‘zimizning xatolar tufayli ko‘plab gollarni o‘tkazib yuborganimiz bo‘ldi. Hayot davom etadi. Bu futbol, unda kimdir yutadi va kimdir yutqazadi. 

O‘yinga keladigan bo‘lsak, "Al-Hilol" kuchli ijrochilarga ega jamoa. Bugun ular haqli g‘alaba qozonishdi. Birinchi bo‘limda 40-daqiqagacha yaxshi harakatlandik. Lekin rikoshet orqali urilgan gol va ikkinchi taymdagi tezkor gol jamoaga ruhan ta’sir qildi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Aliqulov
28/04/2021 08:57
Mmm. Bolalarda ayb yo'q. Bolla harakat qilishdi.. mmm..
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
28/04/2021 09:03
Ochigi uz darajasidan bir bosh ustin uynadi AGMK man shahsan kutmovdim chunki yuq narsani 3. 4. ta uyinga bor qilish qiyin. Mirjalol aka sizdan iltimos kup yildan beri AGMK murabbiysiz. vaqti utib ham ketdi. uz imzoingizni quying. klubka beror uyin olib kering aniq uyinni bulsin klubni. Aniq 2. 3. ta taktikasi bulsin. ochigi kup yil bulsa ham beror uyinni shakllantermadiz. ochigi buni uziz ham bilasiz.
Baxil Alihuja
29/04/2021 09:53
Миржалол ака, сизга рахмат! Очиги шуки, УзПФЛ да керакли ислохот килмасдан клубларимиздан яхши натижа кутиш керак эмас! ПФЛ ва УФА белгилаб куйган даражадан Миржалол ака бироз яхширок натижага эришди! Янада яхширок натижа учун ПФЛ ва УФА керакли чора-тадбирларни амалга ошириши ШАРТ! Тажрибасиз Диёрни хам, Санъатни хам узгариш килишга акли хам, сабри хам етмади!
&
Ободон
28/04/2021 04:40
Миржалол айтмайсанми биз хакамлар ёрдамига мухтож эдик чунки биз доим хакамларни ёрдами билан ютиб келган эдик осиёда хакамлар бизга ёрдам бермади, узбекистонда доим хакамлар ёрдам берарди деб ахволингга сани.