Mirjalol Qurbonov "Buxoro"da ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 15 yanvar, 2017, 18:31
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsum Oliy Ligada ajoyib o‘yin ko‘rsatgan "Buxoro" jamoasi ayni paytda Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in davomida buxoroliklar bir nechta yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.

Tecno

Bugun Chilonzordagi "Paxtakor" futbol klbi akademiyasining sun’iy qoplamali maydonida "Buxoro" jamoasi Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Tomonlar nursiz durang natija qayd etgan o‘yinda "Buxoro" jamoasi tarkibida o‘tgan mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasi sharafini himoya qilgan Mirjalol Qurbonov ko‘rikdan o‘tmoqda. Futbolchining jamoada qolish yoki qolmasligi yig‘in davomida ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum avvalida "Buxoro" jamoasini bir qator etakchi futbolchilar tark etayotgani haqida xabar bergan edik. Shu vajdan jamoa rahbariyati yo‘qotishlar o‘rnini mavsm boshlangunigacha to‘ldirishni maqsad qilganlar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!