
Mironshoh Ibrohimov: Hissiyotlarimni til bilan ifodalash imkonsiz
-52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mironshoh Ibrohimov O‘zbekiston chempioniga aylandi. Buxorolik sportchi final bellashuvidan keyin jang haqida fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Hissiyotlarimni til bilan ifodalash imkonsiz. Buning uchun faqat ringga chiqib, chempion bo‘lish lozim. Bu murabbilarimning g‘alabasi, meniki emas. Umumiy 4 ta jang o‘tkazdim va aytishim mumkinki, ularning barchasi juda qiyin kechdi. Chunki hamma sportchi ringga g‘alaba qozonish uchun chiqadi.
Oldimizda katta turnirlar kutib turibdi. Eng asosiy maqsadim Olimpiya o‘yinlarida zafar quchish".
Fikrlar