Mirzohid G‘ofurov: "Hakamlar haqida gaplarim ko‘p, ammo..."
Pro liga vakili "Metallurg" klubi navbatdagi tur bahsiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmati Metallurg" sardori Mirzohid Gʻofurovdan qisqa intervyu oldi.
"Avvalgi turda "Respublika FA" jamoasi bilan bahsda ikki ochko yoʻqotdik, deb hisoblayman. Raqibga hurmatni saqlagan holda yaratgan vaziyatlarimizni yarmidan foydalanganimizda yirik hisobda gʻalaba qozongan boʻlardik. Afsuski, omad shu kuni bizdan yuz oʻgirdi. Qoʻshimchasiga raqib darvozabonini eʼtirof etish lozim. U chindan yaxshi oʻyin oʻtkazdi.
Hakamik haqda fikrlarim, gaplarim koʻp, ammo hozir ularni aytganimning foydasi yoʻq. Natija baribir oʻzgarmaydi-ku.
Mavsumga qolgan jamoalardan koʻra kamroq vaqt tayyorgarlik koʻrgan boʻlsak-da, hech bir jabhada qolishmaslikka harakat qilyapmiz. Ishonchim komil, turdan-turga oʻyinimiz yanada kuchayib boradi. Dastlabki ikki bahsda ochko ololmagani aksincha "TerDU" jamoasini xavfliroq qiladi. Umuman olganda, pro-liga jamoalari bizga qarshi oʻzgacha ishtiyoq bilan harakat qilishi tabiiy. "Metallurg" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qoʻyilgan. Shu sababli biz raqib kim boʻlishiga qaramay, har bir uchrashuvda gʻalaba uchun maydonga tushamiz. Oʻz uyimizda boʻladigan bahslarda esa muxlislar qoʻllab-quvvatlashi bilan bu ishni amalga oshirish yanada osonroq boʻladi, deb umid qilaman. Oldinda turgan ikki uchrashuvni Bekobodda oʻtkazamiz va 6 ochkoni qoʻlga kiritishga harakat qilamiz".
Fikrlar