Misr milliy terma jamoasi ham O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkinmi? Savolga Misr futbol federatsiyasi boshqaruv kengashi raisi javob berdi

  • 10 iyun, 2019, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Andijonda O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Misr futbol federatsiyasi boshqaruv kengashi raisi Karam Kurdiy Abdul Fattoh ham ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

U kelajakda milliy terma jamoalar o‘rtasida ham xuddi shunday o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi mumkinligi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

- O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvining o‘tkazilishini ijobiy baholaymiz. Ayting-chi, yaqin kelajakda O‘zbekiston bilan Misr milliy terma jamoalari o‘rtasida ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi borasidagi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Bu o‘yin bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bilan Misr bu masalada o‘zaro kelishib o‘yin tashkil qilsa bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Said Said
10/06/2019 22:45
Hurmatli matbuotchilar shu oyinni tashkil qilinglar. Qiziq juda