MLSda ajablanarli voqea sodir bo‘ldi
MLS chempionatida kamdan-kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi. Bunga “Nyu-York Siti“ klubining yangi transferi sabab bo‘ldi.
“BeiN SPORTS“ nashrining xabar berishicha, Nyu-York klubi 14 yoshli Maksimo Karrizo bilan professional shartnoma imzolagan. Bunday hodisa MLS tarixida umuman kuzatilmagan edi.
2008 yilda tug‘ilgan Karrizo klub bilan 2027 yil 31 dekabrga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagani aytilmoqda. Qayd etish lozim, u 2018 yil “Nyu-York Siti“ akademiyasiga qabul qilingan edi.



Fikrlar