MMA. Irji Proxazka boshqa vazn toifasini o‘zgartirishi mumkin

  • 6 iyul, 2024, 08:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC'ning sobiq chempioni (93 kg gacha) chexiyalik Irji Proxazkaning bosh murabbiyi Martin Karaivanov shogirdi o‘rta vaznga o‘tishi mumkinligini aytdi.

Tecno

“Agar men hozir o‘zimning shaxsiy fikrimni gapiradigan bo‘lsam, o‘rta vazn toifasiga o‘tish biz uchun mag‘lubiyatdan keyingi ijobiy qadamga o‘xshaydi. Irji hali 84 kg vaznda nisbatan yaxshi natija ko‘rsatish yoshida. Biz buni albatta muhokama qilamiz. O‘rta vaznga o‘tish hammasini qayta boshlashga o‘xshaydi", - deya Karaivanovning so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Eslatib o‘tamiz, Irji Proxazka 30 iyun kuni Las-Vegasda tashkil etilgan UFC 303 turniri doirasida Aleks Pereyraga qarshi revansh jangini o‘tkazdi va ikkinchi raundning boshidayoq nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!