Modrich: "Allaqachon bir qarorga kelganman, lekin buni hozircha aytmayman"
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich terma jamoadagi kelajakdagi faoliyati haqidagi savolga javob berdi.
“Mening barcha qarorlarim Millatlar Ligasiga bog‘liq. Faoliyatimga kelsak, bu haqda turnir yakunlanganidan keyin gapirish mumkin bo‘ladi. Men allaqachon bir qarorga kelganman, lekin buni hozircha aytmayman”, - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Millatlar ligasi final to‘rtligida Xorvatiya terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Modrich Xorvatiya terma jamoasida 2006 yildan buyon to‘p tepadi. 37 yoshli xavbek "zebralar" safida 162 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol urgan.



Fikrlar