Modrich La Ligada ilk bor qizil kartochka oldi

  • 18 avgust, 2019, 00:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 1-turida "Real" mexmonda "Selta"(3:1) klubini taslim qildi.

Tecno

Uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Xaver Fernandec ikkinchi bo‘limda Denis Suaresga qo‘pol o‘yin ko‘rsatgani uchun Luka Modrichni qizil kartochka bilan jazoladi.

Xorvatiyalik futbolchi 2012 yildan buyon "Real" tarkibida to‘p surib kelmoqda va La Liga musobaqasida qizil kartochka olmagan edi.

Modrich madridliklar tarkibida bir marotabagina maydondan chetlatilgan. 2014 yili "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Superkubogi uchrashuvida bunga munosib ko‘rilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!