Modrich Ronaldusiz qolgan "Real" haqida: Biz bir futbolchiga bog‘lanib qolmaganmiz

  • 10.09.2020 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Yuventus"da to‘p surayotgan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Ronaldu bilan birga o‘ynash ajoyib edi. Biz 7 yilni birga o‘tkazdik. Ishlar yaxshi ketmayotgan bo‘lsa, Ronaldu o‘z mahorati bilan o‘yin taqdirini hal qila oladi. O‘yin paytida ham, mashg‘ulotlarda ham u qoyil qoldiradi. Undan hamisha o‘zgacha narsalarni kutish mumkin.

Ikki yildan buyon Ronaldu biz bilan emas, ammo biz hali ham bir jamoa bo‘lib o‘ynayapmiz. Biz bir futbolchiga bog‘lanib qolmaganmiz”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!