
Modrich "Santiago Bernabeu"da xayrlashganidan mamnun bo‘ldi
Xorvatiyalik yarim himoyachi shanba kuni “Real Sosedad” ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin “Real Madrid” safidagi so‘nggi uy uchrashuvini o‘tkazdi.
Modrich Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng klub bilan 12 yillik faoliyatini yakunlab, “Real Madrid”ni tark etadi. Luka ushbu uchrashuvdan so‘ng faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Men avval ham aytgandim: Eng katta sovrin — bu “Real Madrid” muxlislarining muhabbati va mehridir. Menga birinchi kundan boshlab ko‘rsatgan e’tiboringiz uchun minnatdorchilikka so‘z topolmayman. Bu men uchun eng muhim va eng katta narsa. Chunki bu muhabbat umrbodga etadi. Yillar davomida bergan hamma narsangiz uchun rahmat.
Bugungi kun men uchun juda hissiyotli. Eng kam yig‘lagan joyim — bu maydon edi. Stadionga yo‘l olganimda va kiyim almashtirish xonasiga kirganimda esa juda og‘ir bo‘ldi. Menga ko‘rsatgan bu hurmatni so‘z bilan ifodalash qiyin — buni hattoki tushimda ham ko‘rmagan edim. “Real Madrid”da deyarli o‘n ikki yil davomida boshimdan o‘tgan barcha voqealar uchun juda minnatdorman va baxtliman.
"Santiago Bernabeu"da juda ko‘p ajoyib o‘yinlar bo‘lgan. Lekin eng esda qolganlari orasida PSJ, “Chelsi” va “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lgan so‘nggi Chempionlar ligasidagi o‘yinlarni ayta olaman" - deya ta’rif berib o‘tdi 39 yoshli havbek.
Eslatib o‘tamiz, Modrich joriy mavsum umumiy 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mexriddin Boboqulov
Fikrlar