
Mokaev ko‘plab promoushenlar taklifini rad etmoqda
Sobiq UFC jangchisi Muhammad Mokaev eng katta promoushenda jang qilishni hali ham xohlashini isbotlab qo‘ydi.
"Men bilan bog‘langan va taklif bilan chiqqan barcha promoushenlarga rahmat aytaman - Brave FC, Rizin, PFL, Karate Combat, ACA. Menga bo‘lgan ishonch uchun minnatdorman, lekin men jamoam bilan UFC ga qaytishga harakat qilyapman. Qo‘lingizdan kelsa iltimos, yordam bering", – deb yozdi Mokaev X da.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 304" musobaqasida Mokaev(13-0-1 N/C) hakamlarning yakdil qarori bilan Manel Kapeni(19-7) mag‘lub etgandi. Turnirdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida promoushen rahbari Dana Uayt britaniyalik bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi.
Fikrlar