
Momchilo Dulovich Antaliyada “Olmaliq” mashg‘ulotlariga qo‘shildi
Xabaringiz bor, ayni paytda “Olmaliq” Antaliyada navbatdagi yig‘inni o‘tkazmoqda. Jamoa tarkibiga bir qator legionerlar qo‘shilishda davom etadi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olmaliqliklar tarkibiga yana bir legioner kelib qo‘shildi.
Chernogoriyaning “Edinstvo” jamoasi sharafini himoya qilgan Momchilo Dulovich himoya ampluasida to‘p tepadi. 25 may 1992 yilda tavallud topgan bu futbolchi hozircha “Olmaliq”da qo‘rikdan o‘tadi.
Fikrlar