"Monako" hujumchisini Rossiyaga chorlashmoqda
"Monako" hujumchisi Genri Onekuru faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Milli Gazete nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli nigeriyalik futbolchiga TsSKA xaridor bo‘lmoqda. Moskvaliklar uni joriy qishki transferlar davrida tarkibga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda.
Genriga da’vogarlar qatorida "Galatasaroy" ham bor. Turk grandi uning uchun begona emas. Boisi, Onekuru o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini aynan shu “Galatasaroy”da ijarada o‘tkazgan edi.
Onekuru joriy mavsum “Monako” safida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar