"Monako" so‘nggi 63 yildagi eng yaxshi startni qayd etdi

  • 6 oktabr, 2024, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya chempionatining ettinchi turida “Monako” mehmonda “Renn”ga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Natijada, monakoliklar etti turdan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolar sonini o‘n to‘qqiztaga etkazib oldi. Qayd etish lozimki, bu "Monako" uchun 1961 yildan beri mavsumdagi eng yaxshi start hisoblanadi. O‘shanda “Monako” chempionatning dastlabki ettita turning barchasida g‘alaba qozongan va natijada mavsum yakunida mamlakat chempioniga aylangan.

Keyingi turda "Monako" o‘z uyida "Lill"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Monte-Karlo klubi ayni damda Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Lill" esa 4-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!