Morentes Ronaldu yoki Messi tanlovida: Siz otangizni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi yoki onangiznimi?

  • 5 noyabr, 2019, 17:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" sobiq hujumchisi Fernando Morentes Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi tanlov haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Messi "The Best" sovrinini qo‘lga kiritdi. Sizningcha, u bunga munosibmidi?

Kim Messini loyiq emas deb hisoblaydi? Menga maydonda Messidan ko‘proq mehnat qilgan futbolchini ko‘rsating!

Mukofotni unga berishdi, boshqa futbolchiga emas. Bu terma jamoalarning sardorlari va bosh murabbiylarining ovoz berishlari orqali aniqlandi. Men ularni to‘g‘ri chunaman. "Barsa" ChLda g‘olib bo‘lmagan bo‘lsada, u ajoyib mavsumni o‘tkazdi.

Sizni biror-bir top jamoaning bosh murabbiyi deb tasavvur qilsak, jamoangizga Ronalduni olarmidingiz yoki Messini? Sizda faqat bittasini tanlash imkoni bor.

Unda, mening javobim shunday: Siz otangizni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi yoki onangiznimi? Menga shunday qiyin savol berdingiz (kuladi).

Shuning uchun, men Joau Felishni tanlagan bo‘lardim. u 19 yoshda va uzoq vaqt yuqori saviyada o‘ynay oladi," - dedi Morentes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!